
"Ruhiyatning tarjimayi holi" kitobi taqdimoti
O'zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan Ikrom Otamurodning "Ruhiyatning tarjimayi holi" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbir tom ma'noda shoirning ijodiy kechasi aylanib ketdi. Mahoratli shoir Ikrom Otamurodning ijod yo'li, she'rlari va dostonlari haqida ilmiy mulohazalar bayon etildi.
Tadbirni Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri U.Jo'raqulov olib bordi.
Ikrom Otamurodov tengdoshlari orasida keng dunyoqarashi, o‘zining shoirona va notiqlik mahorati bilan ajralib turadi. Ikrom Otamurodovning she’rlari va boshqa asarlarida Maqsud Shayxzodaning ruhiyati seziladi. U, shuningdek, tarjimon sifatida ham taniqli. Uold Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, O‘lmas Sulaymon kabi ijodkorlarning she’r va qissalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ikrom Otamurodov asarlari turk, arab, bolgar, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan.