Yangiliklar

img
Sat, 04/27/2024 - 16:38

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Yurtimizda yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, alohida e'tiborga muhtoj yoshlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etildi. Unga ko'ra “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, alohida eʼtibor talab etuvchi yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirildi va Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi bayoni asosida masʼul rahbarlarga yoshlar biriktirildi. 
Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovga ham poytaxtimizning Sergili tumanida yashovchi 25 nafar yigit-qiz biriktirib berildi. Akademik ular bilan doimiy muloqotda bo'lib, ilm-fanga yo'naltirish, oliy ta'limga jalb etish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha mahalla faollari, yoshlarning ota-onalari tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Joriy yilning 27-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida rektor o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan yana bir bor uchrashdi. Suhbat avvalida oldingi uchrashuvlar davomida qayd etilgan yoshlar muammolaridan qanchasi hal etilgani haqida ma'lumot berildi. Ular bilan tizimli ishlash maqsadida universitet pedagoglaridan vakillar ham biriktirilib, yana samarali ishlash rejalashtirildi.  U suhbat chog'ida yoshlarning kelajakda o'zlari istagan kasbning egasi bo'lishlari, buning uchun esa bir daqiqa ham chalg'imasdan maqsadlari sari dadil hakarat qilishlari lozimligini qayd etdi. Buning uchun esa olim hamisha ularni qo'llab-quvvatlashga, ko'mak berishga tayyorligini bildirdi.