
"Rektor kubogi" o'z egalariga topshirildi
Bir necha kun mobaynida universitetimizning "UMID" sport klubi tashabbusi bilan talabalar o'rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o'tkazildi. Sportning volleybol, basketbol, mini futbol, shaxmat va shashka, stol tennisi turlari bo'yicha o'tkazilgan musobaqalar murosasiz bellashuvlarga boy bo'ldi.
Musobaqalar yakuniga ko'ra milliy kurash bo'yicha rektor kubogi Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabasi Jovliyev olimga, mini futbol bo'yicha Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti (kechki ta'lim shakli) jamoasiga, voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasida Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetiga, qizlar o'rtasida tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetiga nasib etdi.
Sovrinlarni o'z egalariga universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov topshirdi.