
Ranch texnologiya universiteti bilan sohada hamkorlik
2025-yil 25-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Urganch Ranch texnologiya universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori D.I. Ruzmetov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Urganch Ranch texnologiya universitetida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Uchrashuv davomida kadrlar va talabalar almashinuvi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy anjumanlarda Urganch Ranch texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilarining faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar bilimini oshirishda axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va kutubxona fondini zamonaviy ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitish zaruriyati ta’kidlandi. Shu munosabat bilan akademik Shuhrat Samariddinov qalamiga mansub ilmiy asarlar Urganch Ranch texnologiya universiteti kutubxonasiga topshirildi.
Urganch Ranch texnologiya universiteti jamoasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga taqdim etilgan ilmiy asarlar uchun minnatdorchilik bildirib, ular talabalar ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.