Yangiliklar

img
Mon, 05/26/2025 - 19:23

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida 2025-yil 26-may kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 03-42-13-sonli topshirigi ijrosi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G.Jurayeva ishtirok etdi. Tadbir ochiq muloqot tarzida otkazilib, unda prorektor talaba-yoshlar bilan bevosita muloqotda bolib, ularning taklif, muammo va tashabbuslarini tingladi.
Talabalar tomonidan talim sifatini oshirish, amaliy mashgulotlar samaradorligini kuchaytirish, yotoqxonalardagi sharoitlarni yanada yaxshilash, bosh vaqtni mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar kotarildi. Shuningdek, talabalar oz goya va tashabbuslarini ilgari surishdi.
Uchrashuv davomida ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sog‘lom axborot maydonini shakllantirish, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siriga qarshi kurashish, ijtimoiy tarmoqlarda ma’naviy savodxonlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, talabalarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yurtga sadoqat, mas’uliyat, tashabbuskorlik va yetakchilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi. Talabalarning ushbu yo‘nalishdagi fikr-mulohazalari tinglanib, ularni yanada faollashtirishga qaratilgan takliflar bildirildi.

 

G.Jurayeva barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, tegishli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi va mas’ul bo‘limlarga topshiriqlar berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar bunday ochiq muloqotlar ularning faolligi va tashabbuskorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi va bu kabi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishini so‘rashdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning fikrlarini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarga yechim topish, eng asosiysi esa, ularni ma’naviy jihatdan yetuk, ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash borasida samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.