
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
2024-yilning 8-oktabr kuni Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv norasmiy shaklda, samimiy suhbat tarzida o‘tdi. Unda Yakkasaroy tuman hokimi, tuman prokurori o‘rinbosari A.Mamatqulov, tuman hokimi o‘rinbosari O.Rixsiboyev, talabalar bilan ochiq suhbatlashib, ularni qiynab yurgan muammo va taklif-istaklari haqida muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida tuman hokimi so‘nggi paytlarda yoshlarimizning ilm-fan, sanʼat, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarini, g‘oya va tashabbuslarini eʼtirof etdi. Rasmiylar, shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.