Yangiliklar

img
Sat, 05/04/2024 - 18:58

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 4-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Yoshlar muammolari, xususan, ularning ish bilan bandligini ta’minlash bugungi kunda har doimgidan-da muhim hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022- yilning 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan oliy ta’lim muassasasi talabalarini ishga joylashtirish masalasiga e’tibor qaratildi.  Univerisitetning ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklari  kesimida bitiruvchi talabalar hamda asosiy iste’molchilari hisoblangan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi unversitetlar, texnikumlar,  Yozuvchilar uyushmasi, nashriyotlar hamda boshqa korxona va tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik bo’yicha   ochiq muloqot o‘tkazildi. Talabalarga kadrlar masalasida bugungi kunning asosiy talablari tushuntirilib, xorijda o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yuritish yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

 

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda universitetda talabalarni ishga joylashishlariga ko‘maklashish maqsadida “Karyera va bandlik markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markaz ish beruvchi tashkilot, korxona va muassasalar bilan talabalarniuchrashuvlarini tashkillashtirib kelmoqda.