
QVZda yil sarhisobi
18-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yil yakuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan qorbobo va qorqiz barcha talabalarga hamda ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirni universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Gulnoza Jo‘rayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir doirasida Quvnoqlar va zukkolar (QVZ)ning final bosqichi – Rektor kubogi musobaqasi ham tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar uchta shart asosida o‘tkazilib, har bir jamoa o‘z mahorati va ijodkorligini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, "TKT" jamoasi 1-o‘rinni egallab, 5 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rinni "Sputnik" jamoasi qo‘lga kiritib, 4 million so‘mlik mukofotga sazovor bo‘ldi. "VAOV" jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallab, 3 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri ishtirokchilarning ijobiy hissiyotlari va yuqori kayfiyat bilan yakunlandi. Ushbu tadbir universitet hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida talabalarning qobiliyatini namoyish qilish va yangi yilni kutib olishda quvonchli muhit yaratishda katta ahamiyat kasb etdi.