Yangiliklar

img
Fri, 04/11/2025 - 15:36

Qozog'istonlik olima universitetimizda talabalarga saboq bermoqda

2025-yil 1-apreldan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Orxun” akademik almashuv dasturi doirasida Qozog‘istonning nufuzli Abay nomidagi davlat pedagogika universiteti professori, filologiya fanlari doktori Kalamkas Kalybayeva o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu tashrif 2025-yil 30-aprelga qadar davom etadi.
Professor Kalamkas Kalybayeva universitetimizdagi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda, ilmiy va metodik tajriba almashish, tilshunoslik bo‘yicha ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, olima universitet doktorantlari ilmiy faoliyatini monitoring qilish, dissertatsiya ishlarini muhokama qilish, ilmiy rahbarlik jarayonlariga jalb etilish kabi yo‘nalishlarda samarali ishtirok etmoqda.
Mazkur ilmiy hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va tilshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Kalamkas Kalybayeva bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar universitetimiz ilmiy salohiyatini oshirishga, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy istiqbollar ochilishiga zamin yaratmoqda.