Tue, 04/18/2023 - 22:31
Qo'shiqlar qanotida
Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2023-yil 18-aprel kuni 316-majlislar zalida xushovoz xonanda Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi. Diltortar taronalar davra qatnashchilariga birdek manzur bo‘ldi.
Davra suhbati, ijodiy uchrashuv va jonli ijro yigʻilganlarning barchasida yaxshi taassurot qoldirdi.



