Qomusimiz — baxtimiz poydevori
7-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Qomusimiz — baxtimiz poydevori" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni universitetimizning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Xoliqov ochib berdi. Kecha avvalida universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov Konstitutsiya kuni oldidan mukofotlangan professor-o‘qituvchilar va talabalarga esdalik nishonlarini tantanali topshirdi.
Ona tili va adabiyot ta'limi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlari talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy-ma'rifiy kompozitsiyada bosh qomusimiz moddalari, xalq manfaatlarini ta'minlashdagi muhim huquqiy asosligi takidlandi. Bir-biridan qiziqarli viktorinalar, kuy-qo'shiq, raqslar, quvnoqlar va zukkolar jamoalarining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.