Yangiliklar

img
Tue, 03/18/2025 - 11:14

Qirgʻizistonlik talabalar universitetimizda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti, Batkent davlat universiteti va Oʻsh  gumanitar pedagogika universiteti oʻrtasidagi hamkorlik oʻz samarasini bermoqda.
2025-yil 24-fevraldan 24-martgacha OʻshDU, BDU va OʻshGPU Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich talabalari – Rakhimova Munira,  Kaimova Aikol,  Nurlan Umetaliev, Boronova Azemgul, Kerimqulova Gulziya, Gulnara Satybaldievalar ToshDOʻTAUda akademik mobillik dasturi doirasida qisqa muddatli taʼlim jarayonida ishtirok etdi.
Bu davr mobaynida talabalar tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishida bilim va koʻnikmalarini oshirishdi, professor-oʻqituvchilarning ma’ruza va seminarlarida qatnashdi hamda oʻzbek tilini chuqurroq oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Mazkur hamkorlik ikki oliygoh oʻrtasidagi akademik almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi va kelajakda yanada kengayishi kutilmoqda.