Yangiliklar

img
Tue, 09/05/2023 - 21:02

Qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari siyosiy-madaniy-adabiy sohalarda katta rivoj topmoqda. Universitetimizda faoliyat olib borayotgan Fuzuliy nomidagi ilmiy - tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasining Diasporalararo Davlat Qo‘mitasining faoliyatidagi xizmatlari uchun Faxriy yorliq – Tashakkurnoma bilan mukofotlandi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Xalqaro Diaspora rahbari Fuad Murodov markaz faoliyati bilan tanishgan, “Fuzuliy dilbandlari” to‘garak a’zolaridan to‘rt nafarini Ozarbayjonga taklif etgan edi. To‘rt nafar to‘garak a’zolari Ozarbayjon safaridan yangi rejalar bilan qaytishdi. Kelajakda bu yoshlarimiz mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shadilar.