Yangiliklar

img
Sat, 02/11/2023 - 16:22

Qardoshlarimizga yordam

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yuborilmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston –Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi tomonidan Yakkasaroy tumanida gumanitar yordam markazi tashkil etilgan. Ushbu markazga  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari hamda Turkiya davlatidan universitetimizga kelib dars berayotgan turk tili ustozlari Huseyin Kaba va Mustafa Kuzujular boshchiligida talabalar turar joyida yashayotgan talabalardan ko‘ngilli yig’ilgan issiq kiyimlar va narsa buyumlarni 10 ta qopda markazga yetkazishdi. U yerda ustoz va talabalar muruvvatli vatandoshlarimizdan kelayotgan birlamchi ehtiyoj mahsulotlari: issiq kiyim kechaklar, ko‘rpa-to‘shaklar, gigiyenik vositalarni yig‘ish, qutilarga joylash ishlarida ko‘maklashishdi. Ushbu markazda yig’ilgan barcha buyumlar shu kunning o‘zida Adana aeroportiga yuborildi.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.