
Qardosh xalqlar olimlarining hamkorligi
2024-yil 20–26-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari Ozarbayjonda xizmat safarida bo‘lishdi.
21-aprel kuni ular Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan “Adabiy aloqa – ijodiy jarayon ko‘zgusi” nomli xalqaro antologiya taqdimotida qatnashdilar. Tadbirda universitet qoshidagi Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon markazi faoliyati va olib borilayotgan ilmiy-ma’rifiy ishlar haqida ma’ruza taqdim qildilar.
23-aprel kuni Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasida o‘tkazilgan Bedir Ahmadali tavalludining yubileyiga bag‘ishlangan “XX asr boshlari o‘zbek va ozarbayjon adabiyotidagi o‘ziga xoslik” mavzusidagi ilmiy anjumanda ham ishtirok etib, ma’ruza o‘qidilar.
24-aprel kuni Ozarbayjon Tillar universitetida taniqli ozarbayjon olimasi Almaz Ulvi hamrohligida universitetdagi o‘quv va ilmiy jarayonlar, kutubxona faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, universitetning 3-kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.
Ushbu safarda filologiya fanlari doktori, professor v.b. Orzigul Hamroyeva, Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Yulduz Ziyayeva (PhD), hamda shu kafedra doktoranti Nodira Xudoynazarova qatnashdi.