Yangiliklar

img
Wed, 05/14/2025 - 17:41

Qadriyatlariga sodiq talabalar sayli

2025-yil 14-may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Ozbekiston Respublikasi Oliy Talim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tashabbusi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigi asosida “Adabiy ma‘rifiy haftaliklar” doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” tadbiri muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning boy adabiy merosi va milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish, yosh avlodni madaniy va ma‘naviy jihatdan boyitish maqsadida tashkil etilib, Toshkent shahridagi barcha oliy ta‘lim muassasalari faol ishtirok etdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tadbirda alohida faollik ko‘rsatdi. Ularga Adiblar xiyobonidagi muayyan haykallar biriktirilgan bo‘lib, talabalar o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyish etdi. Ssenariy asosida tayyorlangan she‘riy va adabiy kompozitsiyalar, Alisher Navoiy va boshqa buyuk adiblarning asarlaridan parchalar ijro etildi. Kitob ko‘rgazmalari, milliy liboslardagi chiqishlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari va an’anaviy milliy o‘yinlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbir uchun zarur jihozlar, jumladan, ovoz kuchaytirish vositalari, stol-stullar, malbert va tasviriy san’at materiallari oldindan tayyorlandi. Talabalarning xavfsizligi va tartib-intizomi tyutorlar nazorati ostida ta’minlanib, ular xiyobonga yetib borishdi va tadbirdan so‘ng qaytishdi. Har bir haykal atrofidagi faoliyatlar muvofiqlashtirilgan holda yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir professional fotosuratchilar va videoperatorlar tomonidan hujjatlashdi, yaqin orada bu materiallar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatiladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari o‘z chiqishlari bilan milliy adabiyotga qiziqishni yanada oshirib, universitet nufuzini oshirdi. Tadbir ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholanib, O‘zbekistonning madaniy merosini saqlash va yangi avlodga yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.