Yangiliklar

img
Fri, 02/28/2025 - 18:32

A.S. Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazida noan'anaviy dars

A.S. Pushkin nomidagi Rus tili va madaniyati markazida Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Z.A. Kurbanova hamda fakultetning 302-guruh talabalari ishtirokida “Rus xalqi og‘zaki ijodi” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars bo‘lib o‘tdi.  
Dars davomida rus xalqining urf-odat va an’analari, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar va mashhur kinofilmlardan parchalar namoyish etilib, darsga o‘ziga xos badiiy ruh bag‘ishlandi.  
O‘zbekistonning madaniy hamjihatlik an’analariga sodiq qolgan holda, universitetda muntazam o‘tkazilayotgan bunday badiiy-ma’rifiy tadbirlar talabalar uchun xalqlar madaniyatini yanada chuqurroq o‘rganish va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Tadbirda rus tili fani o‘qituvchilari ham ishtirok etib, dars jarayoniga ilmiy-nazariy va amaliy yondashuvlar orqali o‘z hissalarini qo‘shdilar.

  

Joriy yilning 3-mart kuni “Ikkinchi jahon urushi xotirasini asrab-avaylash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyati shakllari, amaliyoti va natijalari” mavzusidagi davra suhbati doirasida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qitivchisi Zulxumar Jumanova boshchiligidagi talabalar Urush  qurbonlari xotirasini asrab-avaylash, xususan, o‘zbek xalqining fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi qiziqarli asar bilan chiqishdi.