
Psixologlar uchun maxsus uchrashuv
2024-yil 5-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida xalqaro tajribaga ega mutaxassis Lola Yusupova ishtirokida mazmunli seminar tashkil etildi. Tadbir amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari va pedagoglar uchun qiziqarli hamda o‘zgacha uchrashuv bo‘ldi.
Seminarda mehmonimiz Lola Yusupova bolalar va yoshlarga yordam berish sohasidagi boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U SOS-Kinderdorf Deutschland va SOS Children’s Villages kabi xalqaro tashkilotlarda amalga oshirgan loyihalari haqida batafsil ma'lumot berdi. Seminar davomida yoshlarga nisbatan ijtimoiy yordam, global loyihalar, hamkorlik va kelajakda bu sohadagi imkoniyatlar haqida qimmatli bilim va tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘ngida talaba va ishtirokchilar Lola Yusupova bilan savol-javoblar shaklida muloqot qildilar va xalqaro tajriba bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur seminar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro ijtimoiy loyihalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularning kelajakdagi ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim tadbir bo‘ldi.