Yangiliklar

img
Sat, 11/23/2024 - 15:47

“Psixologlar bayrami”  nishonlandi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Psixologlar bayrami” tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda tyutor Z.M. Saidolimova va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari M. Karimova hamda B. Turaev boshchilik qilishdi. 
Tadbir davomida psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan turli psixologik metodlar namoyish etilib, qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, tomoshabinlar bilan birgalikda “Ranglar metodikasi” va “Tafakkur metodikasi” asosida qator psixologik treninglar tashkil etildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarning psixologiya ilmi haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishiga, shuningdek, qiziqarli va foydali mashg‘ulotlar orqali ularning bilimini boyitishga xizmat qildi. 
Tadbir universitet jamoasi va talabalar tomonidan iliq kutib olindi va samarali yakunlandi.