Prezident maktubi va talabalar muşohadalari
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov talabalar bilan davra suhbati ötkazdi. Uçraşuvda Prezident Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi haqida söz bordi.
Suhbat avvalida rektor maktubda aks etgan fikrlar va hayotiy kuzatişlarga e’tibor qaratdi. Prezidentning Şavkatbekka murojaati bir oiladagi avlodlar suhbatidan kengroq ma’no kasb etadi. Unda mamlakatdagi har bir bolaning ta’lim olişi, öz qobiliyatini namoyon etişi va Vatan kelajagiga daxldorlik hisi haqida qimmatli mulohazalar ilgari surilgan.
Şuhrat Sirojiddinov yoşlar bilan suhbatda bilim oliş, vaqtni qadrlaş, oldiga qöygan vazifalarni oxiriga yetkaziş va qiyinçiliklardan çöçimay, izlanişda davom etiş kabi fazilatlarning ahamiyatiga töxtaldi. Bugungi texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli vositalar yoşlar uçun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq ulardan oqilona foydalaniş, mustaqil fikrlaş va bilimni muntazam oşirib boriş har bir talabaning öziga boğliq.
Maktubda buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosi, zamonaviy yoşlarning yutuqlari ham alohida örin tutadi. Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek, Navoiy va Behbudiy kabi uluğ siymolar nomi tilga olinişi bugungi avlod zimmasidagi mas’uliyatni yanada teran anglaşga undaydi. Ajdodlar merosiga munosib böliş, uni yangi bilim va kaşfiyotlar bilan davom ettiriş yoşlarning muhim vazifasidir.
Davra suhbati davomida talabalar ham öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Ular maktubda ilgari surilgan qaraşlarni bugungi yoşlar hayoti, ta’lim jarayoni va kelajak rejalari bilan boğlab, öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi. Maktubdagi Vatanparvalik, halollik, mehnatsevarlik va insoniylik haqidagi fikrlar talabalar mulohazalarida ham aks etdi.

