Polshalik yetuk olim talabalarimizga saboq beradi
Joriy yilning 16-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Erasmus+ loyihasi doirasida Polshaning Bialstok universiteti professori Krzysztof Szezgielski tashrif buyurdi. Professor Krzysztof Szezgielski universitetimiz Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv jarayonida universitetlar o’rtasidagi akademik almashinuv bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi. Hamkorlik kelishuviga ko’ra, polshalik olim tomonidan universitetimiz talabalariga tarix, huquq, adabiyot fanlaridan ma’ruza mashg'ulotlari olib boriladi. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida universitetimiz Tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi professor-o’qituvchilari Polshaning Bialstok universitetiga tashrif buyurishi belgilangan. Erasmus+ innovatsion taraqqiyotni ta'minlovchi foydali sheriklik asosi hamda universitetning ta'lim texnologiyalari, dasturlari raqobatbardoshligi va eksport imkoniyatini oshiruvchi loyiha hisoblanadi.