Pedagoglarimiz Rossiya ta’lim muassasalarida malaka oshirishdi
Joriy yilning 22-24 may kunlari Хоrijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari Z.Jumanova, N.Dustmamatova, S.Ibragimovalar Moskva shahrida o‘tkazilgan "Kostomarov forumi"da ishtirok etishdi.
Safar davomida professor-o‘qituvchilarimiz A.S.Pushkin nomidagi Moskva davlat rus tili instituti, Moskva davlat politexnika universiteti, Moskva davlat pedagogika instituti, S.M.Budyonniy nomidagi Sankt-Peterburg aloqa akademiyasi hamda S.M.Kirov nomidagi Sankt-Peterburg davlat o‘rmon-texnika universiteti kabi nufuzli oliygohlarda bo‘lib, u yerdagi ta’lim jarayonlari, talabalar uchun qo‘llanayotgan samarali o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, professor-o‘qituvchilarning uslublari bilan yaqindan tanishishdi. Safar so‘nggida ustozlarimiz tomonidan Moskva davlat politexnika universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalarga rus tili fanidan mahorat darslari ham o‘tildi.