Yangiliklar

img
Fri, 05/10/2024 - 16:37

Pedagoglar uchun tajriba almashish imkoniyati

Moskva politexnika universiteti ToshDO'TAUning yaqin hamkorlaridan biri sanaladi. Universitetimizning xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari MPU pedagoglari bilan doimiy ravishda muloqot o'rnatib, tajriba almashib kelishmoqda. Jumladan, MPUda  an'anaviy tarzda pedagoglar uchun davra suhbatlari o'tkaziladi. Bunday davra suhbatlarida ToshDO'TAU professor o'qituvchilari ham qatnashadi. 6-may kuni Moskva Politexnika universitetida "Hayot o'yini. O'yin hayoti" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tayanch kompetensiyalar fakulteti gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan muhokamada Belarus, O‘zbekiston, Xitoy, Koreya, Kongo tadqiqotchilari faol ishtirok etishdi. Universitteimizning Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari Z.Jumanova hamda S.Ibragimovalar davra suhbatida o'zlarining muhim mavzulardagi ma'ruzalari bilan ilmiy jamoatchilik e'tiborini tortdi. Xususan, Z.Jumanovaning “Tanlash erkinligining ahamiyati (kompyuter o‘yinlari sanoati loyihalari misolida)” taqdimoti  anjuman ishtirokchilarining keng muhokamalariga sabab bo'ldi. S.Ibragimovaning Bolalar badiiy adabiyotida o‘yinning o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi esa pedagogik tadqiqotlar uchun yaxshi material bo'ldi. 
Shu kabi xalqaro muloqotlarda faol ishtirok har bir tadqiqotchining o'z ustidagi ko'proq ishlashiga, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan boxabar bo'lishga undaydi.