
Pedagoglar uchun maxsus dars
Joriy yilning 29-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Yuliya Chicherina tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Yuliya Vladimirovna xorijiy tillarning o‘qitilishidagi asosiy masalalari, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi psixologik yondoshuvlar haqida so‘z yuritdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bu universitet o‘qituvchilari uchun o‘ziga xos tajriba almashinuvi bo‘ldi. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova qiziqarli mahorat darsi uchun xorijlik mutaxassisga universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.