Pedagogika sohasida 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi
Prezidentning "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to`g`risida"gi 2022 yil 21 iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra:
- Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
- Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
- Samarqand davlat universitetining O`zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O`zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
- Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
- Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
- Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
- Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.