
Pedagog-xodimlar uchun maxsus davra suhbati
Yurtimizda isitish mavsumini betalafot o'tkazish, fuqarolar orasida ogohlik va shaylikni oshirish maqsadida qator tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, 29-noyabr kuni 2023-2024 yillarda Toshkent shahar va Yakkasaroy tumanidagi xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kuzgi-qishgi masumga tayyorarlik ko‘rish haqida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Sherzod Jo‘rayev olib bordi. Universitet xodimlariga mavsumni xavfsiz o'tkazish, muammoli vaziyatlarda harakatlanish haqida ma'lumotlar berildi. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Vera Shulyatnikova, universitet kasaba uyushmasi raisi Rano Umurzakova, “Xududgaz Poytaxt” GTF “Yakkasaroytumangaz” yetakchi mutaxassisi Saodat Zuparovalar o'z ma'ruzalarida muammoli vaziyatlarda kimga murojaat qilish, tezkor Telegram guruhlar haqida ma'lumot berdi.