Yangiliklar

img
Thu, 11/05/2026 - 17:44

Payşanba – yoşlar kuni

Payşanba – yoşlar kuni munosabati bilan universitetda talabalar iştirokida turli yönalişlardagi tögarak maşğulotlari taşkil etildi.

Jumladan, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi qoşida faoliyat yuritayotgan “Yoş faylasuflar” tögaragining navbatdagi, 7-maşğuloti “Jamiyat falsafasi” mavzusiga bağişlandi. Tögarak rahbari, kafedra öqituvçisi Boburjon Xaytboyev boşçiligida ötkazilgan maşğulotda yigirmadan ortiq talaba iştirok etdi. Unda jamiyatning mohiyati, şakllanişi va taraqqiyot qonuniyatlari, ijtimoiy munosabatlar, inson va jamiyat örtasidagi aloqadorlik masalalari muhokama qilindi. Talabalar mavzu yuzasidan fikr almaşib, savol-javob va munozaralarda faol qatnaşdilar. Şuningdek, falsafiy tuşunçalarni çuqurroq özlaştiriş maqsadida “A” harfi bilan boşlanuvçi 201 ta atamadan iborat glossariy ustida iş olib borildi.

Şuningdek, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoşida faoliyat yuritayotgan “Türkçe Konuşalım!” va “Jivaya reç” til tögaraklarida ham navbatdagi amaliy maşğulotlar ötkazildi.

Turk tili öqituvçisi Gözal Mirzayeva rahbarligidagi “Türkçe Konuşalım!” tögaragida “Ailemiz ve Annemiz” mavzusida suhbatlar taşkil etilib, talabalar turk tilida öz fikrlarini ifodalaş, hikoya tarjimasi bilan işlaş orqali til könikmalarini mustahkamladilar.

Rus tili öqituvçisi Dilyara Zaripova rahbarligidagi “Jivaya reç” tögaragida esa “Frazeologiya” mavzusi örganildi. Maşğulot davomida talabalar rus tilidagi frazeologik birliklar, ularning ma’nolari va nutqda qöllaniş xususiyatlari bilan tanişib, amaliy topşiriqlar orqali bilimlarini mustahkamladilar.

Mazkur tögarak maşğulotlari talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, xorijiy tillarni örganiş va erkin muloqot qiliş könikmalarini takomillaştirişga xizmat qilmoqda.