O'zbekligim - faxrim
Bugun milliy liboslar haftaligining tom ma'noda yorqin lahzalariga guvoh bo'ldik. Axborot va murabbiylik soatlarini kuzatar ekanmiz, lov-lov yonib turgan atlas-u adraslar talab-qizlarimizning husniga husn qo'shib turganini ko'rdik.
havo ham shunga monand, juda yoqimli bo'lgani uchunmi ochiq osmon ostida qizlar milliy o'yinlarimizni o'ynab, bolalikni xotirlashdi.
ayniqsa, kuzgi o'sma qizlarimiz qoshiga biram yarashdi.
Milliy laparlar aytishuvi baxrubayt bellashuviga ulanib ketdi.
Kunning asosiy tanlovi - milliy liboslarda o'zbek palovini tayyorlash ham murosasiz tarzda o'tdi. Bir-biridan qo'li shirin qizlarimiz orasidan g'olibni aniqlash oson kechmadi.
Yoqimli kuy-qo'shiqlar, milliy raqslar va asosiysi xush kayfiyat kunimizni bezadi. Bunday ajoyib muhit ichidagi har qanday millatdoshimiz qalbida bir o'y o'tishi tayin: o'zbekligim - faxrim!




