
O‘zbekistonda ekologik barqarorlikka erishish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar tom ma’noda talabalar va jamoatchilikning e’tiborini dolzarb mavzularga qaratish hamda mazkur muammolarga unikal yechimlar taklif etishga chorlamoqda.
Joriy yilning 25-oktabr kuni universitetimizning xalqaro boʻlimida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Ko‘ngillilik va ekologik diplomatiyani rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elyor Norpoʻlatov ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Ochiq muloqot mavzusi “Oʻzbekistonda ekologik barqarorlikka erishish” deb nomlanib, unda yurtimizda atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, unda yoshlarning ishtiroki xususida fikr almashildi. Elyor Norpoʻlatov oʻz ma’ruzasida insoniyat har kuni ekologik muammolar bilan yuzlasharlyotgani, ularga yechim topa oladigan intellektual salohiyati kuchli mutaxassislarga ehtiyojimiz ham kuchayib borayotganini ta’kidladi. Biroq muammolar mutaxassislar bilangina hal boʻlib qolmaydi. Buning uchun barchamizning zimmamizda ekologik masʼuliyat bo‘lishi shart.
Muloqot soʻngida talaba-yosglarni koʻngillilik harakatlariga kengroq jalb qilish, koʻngilli yoshlarni turli usullarda ragʻbatlantirish, shuningdek, ularda mas’uliyat va jonkuyarlik tuygʻularini rivojlantirish borasida aniq takliflar oʻrtaga tashlandi.