Yangiliklar

img
Sat, 07/01/2023 - 10:47

O‘zbekiston yoshlari bayrami

30-iyun "Humo" arenada Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayramda universitetimizning talabalari ham faol qatnashishdi. Marosim avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston yoshlariga yo'llagan bayram tabrigi o'qib eshittirildi. Shundan so'ng bir guruh ilg‘or va tashabbuskor yoshlarga davlat mukofotlari va ko'krak nishonlari topshirildi.
Konsertda estradamizning yorqin yulduzlari ishtirok etib, yoshlarning bayramona kayfiyatini yana-da yuqoriga koʻtarishdi.