Yangiliklar

img
Thu, 05/18/2023 - 21:10

O‘zbekiston-Vengriya II rektorlar forumi davom etmoqda

Xabaringiz bor  Vengriya O‘zbekistonning ta'lim sohasida eng yaqin hamkorlaridan biri sanaladi. Ayniqsa,  so‘nggi yillarda hamkorlik aloqalari yanada kengayib, mustahkamlanib bormoqda.  Xususan, joriy yilning 17-19-may kunlari Vengriyada   Oʻzbekiston-Vengriya II  rektorlar forumi o'tkazilmoqda.  Dastlabki forumga mamlakatimiz mezbonlik qilgan bo‘lsa,  bu gal forum Vengriyada bo‘lib o‘tmoqda.  
Ushbu nufuzli forumda universitetimizning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova ishtirok etmoqda.  
Forumning dastlabki kunida vakillarimiz Budapeshtdagi nufuzli Karoli Gaspar universitetida bo‘ldilar.  Ushbu ta'lim muassasasining ta'lim jarayoni   yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.  
18-may kuni mamlakatimiz OTM rahbarlari Vengriyaning mashhur Seged universitetiga tashrif buyurishdi. Seged universiteti nafaqat Vengriyaning,  balki dunyoning eng nufuzli OTMlaridan biri bo‘lib,  bu yerda xalqaro "Nobel", "Breakthrouh"  mukofotlari sovrindorlari faoliyat yuritadi. Dunyoning 130dan ortiq mamlakatidan 5000 dan ziyod xorijlik talabalar tahsil oladi.  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Seged universiteti o‘rtasida hamkorlik o'rnatish bo‘yicha muzokaralar ancha oldin boshlangan bo‘lib, ikki universitetning mos ta'lim yo‘nalishlari o‘rganib chiqilgan,  takliflar tayyorlangan. 


Jumladan,  ushbu universitetda Ijtimoiy fanlar va san'at fakulteti Oltoy tillar yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ayni yo‘nalishda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.  Bundan tashqari Seged universitetida O'zbek tili va madaniyatini targ‘ib etuvchi markaz ochish borasida ham takliflar bildirildi.