Yangiliklar

img
Fri, 12/24/2021 - 17:15

“Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura organlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 24-dekabr kunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura organlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Toshkent shahar prokraturasi boʻlim boshligʻi, Adliya maslahatchisi Fayziyev Umarjon Ravshanovich  ishtirok etdi va talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura tizimi, vazifalari haqida keng maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek ish faoliyati doirasida uchragan turli voqea-hodisalar haqida gapirib berdi. Talabalar  prokurorni juda katta qiziqish bilan tingladilar va oʻz  fikr-mulohazalarini bildirdilar, turli savollariga javob oldilar. 
Davra suhbati talabalarning huquqiy ongi oʻstirish va huquqiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.