
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli boshlandi
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli joriy yilning 9-iyundan 30-iyunga qadar bo'lib oʻtishini ma'lum qilamiz. Hujjatlar universitet Ilmiy boʻlimida (124-xona) qabul qilinadi.
Prezident stipendiyasiga faqat bitiruvchi kurslar (ayni vaqtda bakalavriatda 3-kursni, magistratura mutaxassisligida 1-kursni tamomlayotgan) , nomdor stipendiyalarga oxirgi 2 kursda (ayni vaqtda 2- va 3-kursni tamomlayotgan) tahsil olgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Magistrlar uchun talab qilinadigan hujjatlar:
HEMIS tizimidan yuklangan baholar qaydnomasi;
kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
ilmiy rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.
Bakalavr talabalari uchun:
HEMIS tizimidan yuklangan baholar qaydnomasi;
kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.