Oʻzbek tilshunoslik maktabi davomchilari bilan uchrashuv
2023-yil 13-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professor-oʻqituvchilari fakultetga qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishuv muloqoti boʻlib oʻtkazdilar. Uchrashuvda talabalarga kafedra tarkibi, oʻqitiladigan fanlar, olib borilayotgan ishlar, ilmiy toʻgaraklar, kafedra tarixi haqida ma’lumotlar berildi. Ustoz-shogird tandemida iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish boʻyicha olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritildi.
Kafedra professor -oʻqituvchilari talabalarni kirish imtihonlaridagi muvaffaqiyatlari bilab tabriklab, tilaklar bildirib, uchrashuvda faol qatnashgan talabalarga esdalik sovgʻalarini taqdim etdilar. Muloqot soʻngida kafedra faoliyati haqida videolavha namoyish etildi.

