Yangiliklar

img
Tue, 03/28/2023 - 16:30

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi faoliyatidan

Kafedralar oliy ta'lim muassasining asosidir. Ularning faoliyatini samarali tashkil etish, kafedra a'zolarining ilmiy, o‘quv-uslubiy faoliyatini tahlil qilib borish muhimdir. O‘zbek filologiyasi fakulteti  O‘zbek tilshunosligi  kafedrasining 2023-yil 27- mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida ham O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o‘rganish to‘g‘risida”gi 63-sonli buyrug‘i, kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligi,  HEMIS tizimida ish yuritish, sayt ma’lumotlari, doktorantlar faoliyati, magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki himoyaga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Jamoliddinova  doktorant va magistrantlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.  Professor Hamidulla Dadaboyev  ilmiy faoliyatni sifatli tadqiqotlarga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi.
Iqtidorli talabalar ishlash,  ustoz-shogird tandemining samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.