
"O‘zbek tilining zamonaviy talqini" mavzusida ma'ruzalar tashkil etildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan O‘sh gumanitar pedagogika universiteti talabalari uchun “O‘zbek tilining zamonaviy talqini” mavzusida onlayn ma’ruza tashkil etildi.
Mazkur ma’ruzada ishtirokchilarga o‘zbek tilining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, lingvistik xususiyatlari va xalqaro miqyosdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
Onlayn formatda o‘tkazilgan ushbu ma’ruza O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zbek tilining keng targ‘ib qilinishiga xizmat qilish bilan birga, talabalar uchun yangi bilim va tajriba maydoni bo‘ldi.