Yangiliklar

img
Thu, 09/21/2023 - 20:37

Oʻzbek tilining raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi

Тoshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dosenti, f.f.d. Shahlo Hamroyeva va mazkur kafedra tayanch doktoranti Zilola Xusainova 2023-yil 13-17-sentabr kunlari Turkiyaning Burdur Mehmet Ekif Ersoy universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro “8. Uluslararası Bilgisayar Bilimleri ve Mühendisliği Konferansı (UBMK 2023)” // 8th International Conference on Computer Science and Engineering UBMK 2023) konferensiyasida ishtirok etishdi. “The Problem of Pos Tagging and Stemming for Agglutinative Languages (Turkish, Uyghur, Uzbek Languages)”, “The POS tagging uzbek text using Hidden Morkov Model” mavzularidagi ma’ruzalari taqdimoti konferensiya ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi.


Konferensiyaning “Tabiiy tilga ishlov berish” sho‘basida Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri PhD, dotsent B.Elov, PhD. O.Abdullayeva, PhD. R.Atamuradov, tayanch doktorantlar X.Axmedova, N.Matyakubova, o‘qituvchilar N.Xudoyberganov, M.Primovalar o‘zbek tiliga avtomatik ishlov berish mumammolari, jumladan, POS tegging masalalari, matndagi omonim birliklar ma'nosini avtomatik aniqlash, parallel korpuslar ishlab chiqish algoritmi, HMM modeli bilan so‘zlarni teglash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari konferensiyadagi ishtiroki uchun IEEE sertifikati bilan taqdirlanishdi. Mazkur konferensiyada taqdim etilgan maqolalar xalqaro IEEE va SCOPUS bazalarida indekslanishi universitetimizning xalqaro reytinglarda ishtirok etishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi.


Shuningdek, Shahlo Hamroyeva va Zilola Xusainovalar Turkiyaning Mehmet Ekif Ersoy universiteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, doktor Himmet Buke bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini kelishib olishdi. Unga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining akademik almashinuvi, hamkorlikda maqolalar yozish hamda universitetlarning ilmiy jurnallarida chop etish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish rejalashtirildi.