“O‘zbek tili – yuksak tafakkur mahsuli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 2025-yil 22-oktabr kuni ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida “O‘zbek tili – yuksak tafakkur mahsuli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar ham onlayn, ham offlayn shaklda tashkil etildi.
Seminarda universitet professori, filologiya fanlari doktori Zulxumor Xolmonova ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzachi o‘zbek tili — xalq tafakkuri, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarning yuksak ifodasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, til siyosati, davlat tilining nufuzini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘zbek tilining jahon miqyosidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Seminar davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis bilan fikr almashdilar. Ushbu uchrashuv tinglovchilarda ona tiliga hurmat, milliy g‘urur va ma’naviy o‘zlikni chuqur anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

