O‘zbek tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

img

  
Kafedra 2025-yilda tashkil etilgan. Kafedraning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonida  ona tili, o‘zbek tilini jahon standarti talablari darajasida samarali metod va usullar orqali o‘qitish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishdan  iborat.

Kafedra qoshida  “Ona tili, o‘zbek tili  ta’limini takomillashtirish”  ilmiy tadqiqot markazi, “Pedogogik mahorat maktabi” metodik kurslari tashkil etilgan.  Kafedrada ilmiy-innovatsion faoliyatni jadallashtirish, kafedraning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqot va xoʻjalik shartnomalari vositasida  oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, pedagog-xodimlar ilmiy izlanishlari orqali moddiy manfaatdorligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, maslahat va turli xildagi xizmatlar koʻrsatish, respublika OTM, umumta’lim maktablari  va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy natijalarni  amaliyotga joriy etish, oʻzbek tilining tadqiqi,  uning taʼlimi va targʻibiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish  boʻyicha izlanishlar olib boriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan kafedra professor-o‘qituvchilari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 2-4-bosqich talabalari bilan haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini “4+2” tartibida olib boradilar. O‘quv mashg‘ulotlarining 4 kuni universitetda, 2 kuni Toshkent shahridagi  yirik va nufuzli umumta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida o‘tkaziladi.

Kafedrada  13 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchi, 1 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, 3 nafar filologiya fanlari doktori, professor,  4 nafar fan nomzodi,  3 nafar pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   2 nafar filologiya  fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   2 nafar katta o‘qituvchi,  3 nafar o‘qituvchi  dars beradi.

Kafedra mudiri:  filologiya fanlari doktori, professor Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna

Kafedraning  ilmiy salohiyati:    65 %.

Kafedra xizmat ko‘rsatadigan   ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari:
Bakalavriyat yo‘nalishlari:
60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti (kunduzgi).
60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti (kechki).
60111600 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili

Magistratura mutaxassisliklari:
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti.

Kafedraning ustuvor ilmiy – metodik  yo‘nalishlari:
•  Ona tili, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini  takomillashtirish.
•  O‘qitishning yangi zamonaviy usullari va texnologiyalarini tatbiq qilish.
•  Global ta’limda yuz berayotgan metodikalarni tahlil qilish.
•  O‘zbekiston ta’limidagi ta’lim metodlarini  xorijdagi amaliy metodlar bilan qiyoslab o‘rganish.
•  Dunyoning yetakchi metodist - professorlari bilan xalqaro ilmiy-amaliy metodikalar ishlab chiqarishni ishlab chiqish.
•  Nazariy tilshunoslik  va metodikaga oid  Xalqaro seminar  (vebinarlar)ni  tashkil etish.
•  Sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish. 
•  Ortologiya – o‘zbek tili adabiy nutqi me’yorlari va uni til egalarida ta’minlashning amaliy masalalarini tadqiq qilish;
•  Zamonaviy leksikografiya va terminologiya – o‘zbek tilshunosligi nazariyasi yo‘nalishlari yutuqlarini milliy lug‘atchilik va terminologiya muammolari yechimiga yo‘naltirish;
•  Xorijda nashr etilgan saralangan adabiyotlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv adabiyotlarini olish;
•  O‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitishning yangi standartlari va metodlarini ishlab chiqish;
•  Barcha fanlarning o‘quv-uslubiy taʼminotini va ularga zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari asosida talabalarga yetkazib berish;
•  Umumtaʼlim maktablarining oʻzbek tili darsliklari uchun multimedia dasturlarini yaratish;
•  Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘qitishning  onlayn intensiv kurslarini  tashkil qilish.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Darsliklar bilan ishlash metodikasi (Ona tili) (Kechki)
Darsliklardan foydalanish metodikasi (Kechki)
Hozirgi o'zbek adabiy tili (Kechki)
Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari (Kechki)
Nutqiy ko‘nikmalarni baholash asoslari (Kechki)
O‘qituvchi nutqi madaniyati va davlat tilida ish yuritish (Kechki)
Ona tili o‘qitish metodikasi (Kechki)
Til o‘qitishga oid ilmiy tadqiqot asoslari (Kechki)
Tilshunoslik asoslari (Kechki)
Hozirgi o‘zbek adabiy tili I, II, III (Kunduzgi)
Nutqiy ko'nikmalarni baholash asoslari IV (Kunduzgi)
O‘qituvchi nutqi madaniyati va davlat tilida ish yuritish I (Kunduzgi)
Ona tili o‘qitish metodikasi III, IV (Kunduzgi)
Tilshunoslik asoslari I (Kunduzgi)
Tilshunoslik nazariyasi IV (Kunduzgi)
Amaliy tilshunoslik 1-kurs magistratura kunduzgi sillabus
Lingvodidaktika asoslari O'quv dastur mag-ra 2-kurs
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi mag-ra Sillabus.pdf 2-kurs
Nofilologik yo'nalishlarda o'zbek tilini o'qitish metodikasi Sillabus (kunduzgi).pdf mag-ra 1-kurs
O'quv dasturlarini yaratish metodikasi Sillabus. mag-ra pdf 1-kurs
Tilshunoslik Metodologiyasi 1-kurs magistratura sillabus kunduzgi
O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI 3-kurs uz-rus fan sillabusi
МЕЖКУЛЬТУРНАЯ КОММУНИКАЦИЯ 4-kurs fan sillabusi
МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА uzrus 3,4-kurs sillabus
ОСНОВЫ МЕЖДУНАРОДНОГО ОЦЕНИВАНИЯ 4-kurs fan sillabusi
СРАВНИТЕЛЬНАЯ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЯ» 3-kurs fan sillabusi