
Mon, 09/18/2023 - 16:32
O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoniga muvofiq “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yilning 19-oktabr kuni “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida o‘tkaziladigan an’anaviy Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
Konferensiya axborot xati bilan tanishing!