Özbek tili fidoyilari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Özbek tili va adabiyoti rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh olimalar va fidoyi ayollar “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Ular orasida Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professorlari hamda universitetimiz olimasi Munavvara Qurbonovaning onasi ham bor.
Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan topşirilgan uşbu mukofot ona tilimizning nufuzini oşiriş, uning sofligini saqlaş, özbek tili va adabiyotini rivojlantiriş hamda yoş avlodga örgatiş yölida fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlarning xizmatlariga berilgan e’tirofdir.
Mukofot sohibalari orasida universitetimiz professorlari Xolmonova Zulxumor Turdiyevna, Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna, Mirzayeva Zulxumor Inomovna va Adizova Iqboloy Istamovna bor.
Şuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovaning onasi ham “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Qizining ilmiy kamolotiga, yuksak marralarni zabt etişiga butun borliği bilan hissa qöşgan bu ona mehr-muhabbat, matonat va fidoyilikning yorqin timsolidir. Munavvara Qurbonovaning bugungi ilmiy yutuqlari ortida onasining çeksiz mehri, sabr-toqati va beqiyos kömagi mujassam.
Universitet jamoasi mukofot sohibalarini samimiy muborakbod etadi va ularga sihat-salomatlik, xonadonlariga fayzu baraka tilaydi!

