
Mon, 10/21/2024 - 18:06
O'zbek tili bayramiga tuhfa
21-oktabr – O'zbek tili bayrami munosabati bilan milliy tilimiz kashshofi, mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitoblar eski o'zbek yozuvida nashr etildi. Akademik Shuhrat Sirojiddinovning "Amir Alisher" va "Alisher Navoiy aqidalari" kitoblari Afg‘onistonda chop qilindi.
ToshDO'TAU tadqiqotchisi Ehsanulloh Quvonch mazkur kitoblarni eski o'zbek yozuviga o'girgan.
Mazkur kitoblarning taqdimoti Afg‘onistonning Kobul, Faryob, Badaxshon kabi shaharlarida bo'lib o'tdi.