Yangiliklar

img
Wed, 02/28/2024 - 17:10

"O‘zbek shoir va yozuvchilari uchun ingliz tili" loyihasi yakunlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbek shoir va yozuvchilari uchun ingliz tili" loyihasi yakunlandi. Bu loyiha doirasida zamondosh o‘zbek adiblariga ingliz tili bepul o‘rgatildi. Bir yil davomida bir guruh o'zbek ijodkorlari ingliz tilini B1 darajada o'rnaishga muvaffaq bo'ldilar. Loyihaning tantanali yopilish marosimida AQShning O'zbekistondagi elchixonasining madaniyat ishlari bo'yicha rahbari Sara Talalay, ingliz tili dasturi koordinatori Feruz Akobirov, loyiha ijrochilari va ishtirokchilari qatnashdi. Marosimda so'zga chiqqan Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda o'tgan ushbu yirik loyiha barcha uchun foydali va muhim ekanini qayd etdi. Loyiha o'zbek adabiyotini jahon bo'ylab targ'ib etishda juda muhim ahamiyatga egaligi aytildi. 

 

Yopilish marosimida til o'rganish davomida ijobiy natijalar qayd etgan ijodkorlarga sertifikat va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi. 
Loyihadan ko'zlangan maqsad o‘zbek adiblari o'z asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishlari va bu orqali jahonning yirik ijodiy tanlovlarida ishtirok etishlari uchun imkon yaratish, o‘zbek ijodkorlarini xorijlik salaflari bilan yanada yaqinlashtirishdan iborat.