Yangiliklar

img
Wed, 10/11/2023 - 16:36

O'zbek qizlari - jahon nigohida

11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni, shu munosabat bilan Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Yakkasaroy tuman hokimligi hamkorligida "O'zbek qizlari - jahon nigohida" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo'yicha 1-prorektori v.v.b. Gulnoza Jo'rayeva ochib berdi. ochib berdi. 
Barcha so'zga chiqqanlar jamiyatning turli tarmoqlarida faol qizlar soni ortib borayotgani, ularning muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini qayd etishdi.
Tadbir davomida universitetning aqlli, zukko va faol qizlaridan bir guruhi taqdirlandilar.
eslatib o'tamiz, BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-okyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni Xalqaro Qizlar kuni sifatida nishonlaydi.