Yangiliklar

img
Mon, 05/26/2025 - 19:07

O'zbek-qirg'iz ilmiy-madaniy hamkorligi

23-may kuni Osh Davlat Universitetining Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti tomonidan “Adabiyot olami” nomli adabiy-musiqiy kecha va davra suhbati bo‘lib otdi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti olimlari ishtirok etib, mehmon ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Ma’ruzalarda Bobur, Chingiz Aytmatov va Nazar Eshonqul ijodi, Mahmud Qoshg‘ariy asarlari, xorijiy tillarni o‘qitishda matn bilan ishlash hamda til o‘rgatishda multimedia vositalaridan foydalanish kabi mavzular yoritildi.
Shuningdek, o‘zbek va qirg‘iz talabalarining onlayn til o‘rgatish sohasidagi tajribalari natijalari taqdim etildi. Tadbir davomida o‘tgan yilda amalga oshirilgan hamkorlik ishlari muhokama qilinib, 2026–2027-o‘quv yili uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘shDU Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti o‘rtasida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va konkret tadbirlar rejalashtirildi.

 

Mazkur tadbir O‘shDU huzuridagi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyati markazi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinligini mustahkamlash, shuningdek, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashuvini kuchaytirishdan iborat.