Yangiliklar

img
Wed, 04/17/2024 - 15:12

O‘zbek filologiyasi: muammo va yechimlar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Ona tili va adabiyot ta’limi” fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan    2024-yil 17-aprel kuni “O‘zbek filologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi. Anjumanni universitet  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odinaxon Jamoldinova ochib berdi. Anjumanda filologiya fanlari doktorlari Ravshanxoʻja Rasulov, Usmon Qosimov, Nishonboy Husanov, Margʻuba Abdullayeva tomonidan qilingan ma’ruzalar yosh tadqiqotchilar va konferensiya ishtirokchilari uchun yangi ilmiy qarashlari bilan ahamiyatli bo‘ldi. ToshDO‘TAU tadqiqotchisi Otabek Safarovning “Faxriyor prizmasi: tasavvur tarbiyasidan ijtimoiy mas’uliyatgacha” mavzusidagi ma’ruzasi ham yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 
“O‘zbek filologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani qizg‘in, bahs-munozaralarga boy o‘tdi. Konferensiya ishi tushlikdan so‘ng shoʻbalar doirasida davom etdi.