Yangiliklar

img
Wed, 05/01/2024 - 11:16

O'zbek filologiyasi fakultetida ilmiy-metodologik seminar o'tkazildi

2024-yil 30-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminar bo'lib o'tdi. Seminarda "O'zbek adabiyoti tarixi" kafedrasi dotsenti, PhD Ozoda Tojiboyeva "Navoiy poetik merosi ingliz manbashunosligida", shu kafedra dotsenti, f.f.doktori Orzigul Hamroyeva "Mashrab" va "Yangi yo'l" jurnallarida adabiy materiallar"; "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi dotsenti, PhD Mahmadiyor Asadov "Yolg'izlik" motivining ikki talqini: Kamyu va X.Do'stmuhammad" mavzularida ma'ruza qilishdi. Xususan, ma'ruzalarda  ko‘plab qimmatli kitoblar davlatlar o‘rtasidagi urushlar, o‘zaro bitimlar, sovg‘a  yoki shunga yaqin holatlarda butunlay tili, madaniyati boshqa davlat xazinasiga o‘tib kelganligi,  Oksford universiteti Bodlean kutubxonasidagi  kitoblarning yig‘ilib qolishida ham Gore Ouseley va Jon Bardo Elliotning katta xizmatlari borligi, Ouseley Gorening Sharq adabiyotiga oid kitoblarni, jumladan, Alisher Navoiy asarlari qo'lyozmalarining nodir nusxalarini qo'lga kiritishi  va ular asosida Sharq shoirlari haqida maxsus tadqiqot yaratgani haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, "Mashrab" va "Yangi yo'l" jurnallari faoliyati, xususiyati, ularda e'lon qilingan materiallar va adabiyotshunoslik uchun manba bera oladigan ko'plab ma'lumotlar borligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, seminarda "Yolg'izlik" motivining Sharq va G'arb adabiyotidagi talqini Kamyu va X.Do'stmuhammad ijodi misolida ochib berildi. Mavzu yuzasidan f.f.d., prof. B.Abdushukurov, f.f.d., prof. U.Jo'raqulovlar savollar berishdi. Seminarda fakultet professor-o'qituvchilari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi. Qizg'in bahs-munozara tarzida o'tgan seminar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.