O‘zbek adiblari asarlarining sotsiologik tahlili asoslari
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «InnoWEEK-2023» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2023- yil 18- oktabr "Kreativ ta’lim kuni"da sotsiologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodovning “O‘zbek adiblari asarlarining sotsiologik tahlili asoslari” mavzusidagi binar ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada universitet rektori Sh.Sirojiddinov, O‘zbek tili ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari, mazkur fakultetdagi sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi 1-2-kurs talabalari qatnashdilar. M.B.Bekmurodov o‘z ma’ruzasida o‘zbek adiblari asarlarining sotsiologik tahlil qilish metodikasini ochib berib, aynan qaysi yo‘llar bilan o‘zbek adabiyoti durdonalarini sotsiologik jihatdan tahlil, tadqiq qilinish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Ma’ruza tinglovchilarida atoqli sotsiolog olimning Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va b. asrslaridagi sotsiologiyaga oid fikrlar, tahlillar bugungi kun bilan bog‘lab yoritib berilganligi katta taassurot qoldirdi. Xususan, ma’ruzachining o‘zbek xalqining dunyo tamaddunida tutgan o‘rni, 1-, 2-, 3- renessanslarning mohiyati haqidagi izchil va chuqur fikrlari ishtiroklarga juda ma’qul bo‘ldi. Ma’ruzasi talabalar va boshqa qatnashchilarning savollariga batafsil javoblarni berdi.

Uchrashuv – ma’ruzadan universitet talabalari yangi bilimlar, g‘oyalar, o‘ziga xos motivatsiya oldilar. Bu kabi uchrashuv-ma’ruzalarni tez-tez o‘tkazib turishga kelishib olindi.


