Ozarbayjonlik shoira universitetimiz faxriy professori bo'ldi
Joriy yilning 19-avgust kuni “O‘zbekiston – mening Vatanim” nomli kitob muallifi, ozarbayjonlik shoira Xuraman Murodova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti mehmoni bo'ldi. Xuraman Murodova Ozarbayjonning jamoat arbobi, Ozarbayjon va Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Turkiya Fanlar akademiyasining faxriy professori, koʻplab mukofot va kitoblar muallifi, Mahmud Qoshgʻariy nomli Adabiyot jamg‘armasining faxriy a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, sanat, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigidir. Xuraman Murodova 2021-yildan buyon Ozarbayjon – O‘zbekiston adabiy aloqalari rivojida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ijodkorning ushbu xizmatlarini munosib e'tirof etish maqsadida bugun xuraman xonimga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universittei faxriy professori unvoni berildi. Marosimda Xuraman Murodova, Ozarbayjonning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori boshchiligida pedagogik jamoa, taniqli olim va shoirlar ishtirok etishdi. Tadbirda so'z olganlar Xuraman Murodovaning satrlarida turkiy xalqlar birligi, qardosh ellar hamjihatligi madh etilganini, uning amali faoliyati ham ayni yo'nalishda ekanligini qayd etishdi. Xuraman xonim nafaqat til, adabiyot va san'at sohasida, balki arxitektura va sog’liqni saqlash sohasida ham O‘zbekiston bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirmoqda. Qardosh yurt qizining O‘zbekistonga mehri baland. Ayniqsa, universitemizda o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy, ijodi bo’yicha qilgan ma’ruzalari e’tiborlidir. Bugungi kunda Xuraman Murodova universitetimizdagi Fuzuliy ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda ijodiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.