Ozarbayjon va özbek adabiyotini öqitiş metodikasi muhokama qilindi
2026-yil 18-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Ozarbayjon tillar universiteti Dunyo adabiyoti va nazariyasi kafedrasi dotsenti Samira Mammadova iştirokida xalqaro ilmiy-metodik seminar bölib ötdi.
Bugungi globallaşuv davrida adabiyot ta’limini takomillaştiriş, öquvçilarning badiiy-estetik didini rivojlantiriş hamda badiiy asarlar vositasida yoş avlodning ma’naviy-axloqiy dunyosiga ta’sir körsatiş dolzarb masalalardan biridir. Şu jihatdan seminar ikki mamlakatda adabiyot öqitiş tajribasini qiyosiy örganiş va zamonaviy metodik yondaşuvlarni muhokama qiliş uçun muhim ilmiy-amaliy maydon böldi.
Seminarni Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Sohiba Umarova kiriş sözi bilan oçib, adabiyot ta’limining bugungi holati, mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida Ozarbayjon tillar universiteti dotsenti Samira Mammadova “Ozarbayjon maktablarida adabiyot öqitiş: an’analar, zamonaviy yondaşuvlar va milliy-madaniy merosni ommalaştiriş”, Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi dotsenti Mahfuza Töyçiyeva esa “Özbekistonda savolga asoslangan pedagogikadan foydalaniş masalasi” mavzularida ma’ruza qildi.
Ma’ruzalarda maktablarda adabiyot fanini öqitiş metodlari, milliy adabiy merosni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş, öquvçilarning mustaqil fikrlaşi va badiiy tafakkurini rivojlantirişga qaratilgan pedagogik yondaşuvlar muhokama qilindi.
Şuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Nusratillo Jumaxöja Ozarbayjon maktablarida özbek adabiyoti vakillari ijodining örganilişi masalasiga töxtalib, bu boradagi fikr va mulohazalarini bildirdi.
Seminar davomida talabalar tomonidan Ozarbayjon ta’lim tizimida fanlarni öqitiş tamoyillari yuzasidan savollar berildi. Iştirokçilar örtasida keçgan oçiq muloqot va bahs-munozaralar ikki mamlakat adabiyot ta’limidagi tajribalarni qiyosiy tahlil qiliş, ilğor metodik yondaşuvlarni örganiş hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik hamkorlik istiqbollarini belgilaşga xizmat qildi.

